Braziliyalik sobiq futbolchi Felipe Melo Lionel Messi Yevropaning eng katta yulduzlarini ortda qoldirib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytib, katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ole Summit 2026 tadbirida so‘zga chiqqan Melo asosiy da’vogarlarni nega Messidan ustun qo‘ymasligini tushuntirdi.
«Men uchun «Oltin to‘p» Messiga tegishli bo‘lishi kerak. Nega bunday deb o‘ylashimni tushuntiraman. Rafinyani aytishim mumkin — u «Barselona» safida yaxshi mavsum o‘tkazdi, ammo jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi uchun katta ta’sir ko‘rsata olmadi.
Mbappeni ham aytishim mumkin. U ko‘p gol uradi, ammo «Real» bilan hech narsa yutmadi», — dedi Melo.
«Ispaniyadan Lamin Yamalni ham nomzod sifatida ko‘rsatish mumkin, lekin u jahon chempionatini Messi o‘tkazgan darajada o‘tkazmadi. Messi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va MLSda ham ajoyib mavsum o‘tkazdi.
Men uchun «Oltin to‘p»ni Messi olishi kerak!» — deya qo‘shimcha qildi u.













