Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

O Jogo: Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga boshqa qaytmaydi

O Jogo: Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga boshqa qaytmaydi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga boshqa qaytmaydi. Bu haqda O Jogo nashri xabar berdi.

41 yoshli futbolchi kecha, Kopengagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Futbolchiga bir oydan olti oygacha diskvalifikasiya va pul jarimasi tahdid qilayotgani xabar qilingan. Shuningdek, avvalroq Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Portugaliyaning kundalik sport nashri O Jogo ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu o‘zini «xiyonat qilinganday» his qilmoqda va uning qabul qilgan qarori «qayta ko‘rib chiqilmaydi». Manbaning ta’kidlashicha, u milliy jamoaga qaytmaydi.

«Real»ning sobiq hujumchisi Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urgan. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon futbolida rekord hisoblanadi.

Kiritildi: 13:16, 01.10.2026.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик