«Atalanta» himoyachisi Jorjo Skalvini klub bilan shartnomasini 2031 yil yoziga qadar uzaytirganidan so‘ng, kelajakda xorijda o‘z kuchini sinab ko‘rishni xohlashini aytdi.
«Men doimo shu yerda bo‘lganman va o‘zimni har doim yaxshi his qilganim uchun shartnomamni uzaytirdim. Shu bilan birga, klubini o‘zgartirib, xorijga ketadiganlarni tushunaman. Bir kuni men ham yangi narsalar va yangi yondashuvlarni o‘rganish uchun shunday qilishni xohlardim, ammo hozir buni «Atalanta»da amalga oshiryapman», — dedi 22 yoshli Italiya terma jamoasi futbolchisi matbuot anjumanida.
«Nyukasl» 2026 yil yozida Skalviniga qiziqish bildirgan, «Chelsi» esa 2025 yil yozida futbolchini kuzatgan. Iyul oyida «Atalanta» futbolchini 50 million yevrodan yuqori baholayotgani haqida xabar berilgan edi. Yangi shartnoma imzolanganidan so‘ng bu summa yana oshishi mumkin.
Skalvini 18 yoshida Italiya terma jamoasida debyut qilgan va professional klub faoliyatini to‘liq «Atalanta»da o‘tkazgan.
2025/26 yilgi mavsumda futbolchi 30 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 38 million yevro deb baholamoqda.













