Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Aichi–Nagoya 2026. Humoyun Sultonov — Osiyo o‘yinlarida kamida bronza medalini qo‘lga kiritadi

Aichi–Nagoya 2026. Humoyun Sultonov — Osiyo o‘yinlarida kamida bronza medalini qo‘lga kiritadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu natija Sultonov uchun nafaqat yarim final chiptasi, balki kamida bronza medal kafolatlanganini ham anglatadi. Osiyo o‘yinlari tennis musobaqalarida uchinchi o‘rin uchun alohida uchrashuv o‘tkazilmaydi va yarim finalda mag‘lub bo‘lgan har ikki tennischi bronza medaliga ega bo‘ladi.

Sultonovning bu natijasi alohida e’tiborga loyiq. U avvalgi — Hangzhou-2022 Osiyo o‘yinlarida ham yakkalik bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda u chorak finalda aynan Tayvan vakili Seng Chun-hsinni uch setda mag‘lub etib, yarim finalga chiqqan.yina

Kiritildi: 15:48, 01.10.2026.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик