Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

18 yoshli Ngumoa Runi va Bellingemdan keyingi natijani qayd etdi

18 yoshli Ngumoa Runi va Bellingemdan keyingi natijani qayd etdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Rio Ngumoa Angliya terma jamoasi safida rasmiy o‘yinda debyut qilgan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yozda «uch sherlar» safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan 18 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakunlangan o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi.

Ngumoaning milliy jamoa safidagi ilk rasmiy uchrashuvi u 18 yoshga to‘lganidan 31 kun o‘tib amalga oshdi.

Bunga qadar Angliya terma jamoasi safida rasmiy uchrashuvlarda undan yoshroq holda faqat Ueyn Runi — 17 yoshu 156 kunligida va Jud Bellingem — 17 yoshu 269 kunligida maydonga tushgan.

Kiritildi: 16:07, 01.10.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик