«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager «Manchester Siti»ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun ehtimoliy jazosi haqida hazilomuz tarzda fikr bildirdi.
Avvalroq «shaharliklar»ga nisbatan turli jazo choralari, jumladan, Angliya Premyer-ligasidan chetlatish ham qo‘llanilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
«Endi hech kim menga APLni hech qachon yutmagansan, deb aytmaydi! Kevin De Bryoyne ham birorta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritmagan bo‘lib chiqadi!» — deya Karragerning so‘zlarini The Touchline ijtimoiy tarmoqda keltirdi.
Jeymi Karrager 2013 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U «Liverpul» safida Chempionlar ligasi, UEFA kubogi va Angliyadagi ichki kubok musobaqalarida g‘olib chiqqan.













