Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Klopp terma jamoalar orasida eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar qatoriga kirdi

Klopp terma jamoalar orasida eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar qatoriga kirdi

Baho:
+ | -

Bild nashri milliy terma jamoalar bosh murabbiylarining hozirgi maoshlarini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yiliga 7 million yevro maosh oladi. Undan ko‘proq faqat Karlo Anchelotti ishlab topadi — uning yillik daromadi taxminan 10 million yevroni tashkil qiladi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yiliga 6,8 million yevro, Angliya ustozi Tomas Tuxel esa 6 million yevro maosh oladi.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuenteniki jahon chempionatidagi g‘alabadan keyin 2 million yevrodan 5 million yevrogacha oshgan.

Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni yiliga 2,3 million yevro, Fransiya ustozi Zinedin Zidan 3,6 million yevro, Portugaliya bosh murabbiyi Jorje Jezush esa 4 million yevro ishlab topadi.

Germaniya terma jamoasida ish boshlashi Klopp daromadining kamayishiga olib kelgan. U Red Bull tizimida yiliga taxminan 12 million yevro olgan, «Liverpul»dagi so‘nggi bazaviy maoshi esa 18 million yevroni tashkil qilgan.

Kiritildi: 18:11, 01.10.2026.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик