Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Manchester Siti»ning Manchini bilan bog‘liq moliyaviy ishi yana kun tartibiga chiqdi

«Manchester Siti»ning Manchini bilan bog‘liq moliyaviy ishi yana kun tartibiga chiqdi

Baho:
+ | -

Tax Policy Associates tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, «Manchester Siti» sobiq bosh murabbiy Roberto Manchiniga to‘langan mablag‘lar bo‘yicha soliq to‘lashdan qochgan, degan da’volar sabab 24 million funtgacha soliq va jarima to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin.

Tahlilda ta’kidlanishicha, Abu-Dabidagi «Al-Jazira» sport va madaniyat klubi bilan maslahatchilik kelishuvi orqali o‘tkazilgan 8,866 million funt aslida Manchinining «Manchester Siti»dagi ishi uchun to‘langan haq bo‘lgan va ushbu mablag‘ Britaniyadagi ish haqi tizimi orqali rasmiylashtirilishi lozim edi.

«Soxta kelishuv qanday sharoitlarda tuzilgani yuzasidan jinoiy tergov boshlash uchun yetarli asoslar bordek ko‘rinmoqda», — deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, hujjatda muayyan shaxslarning qonunbuzarlik qilgani haqida da’vo ilgari surilmayotgani ham alohida ta’kidlangan.

Hozirda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Manchini esa bu vaziyatga munosabat bildirib: «Aytilayotgan ikki tomonlama shartnoma mening muammom emas», — dedi.

«Manchester Siti» esa o‘z aybsizligini ta’kidlashda davom etmoqda. Klub bosh direktori Ferran Soriano mablag‘lar klub egasidan kelmaganini «qat’iy ravishda isbotlaydigan dalillar» borligini bildirgan.

Bundan tashqari, klub raisi Xaldun Al-Muborak Buyuk Britaniyada diplomatik daxlsizlikka ega. Bu holat ehtimoliy huquqiy jarayonlarni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Kiritildi: 18:26, 01.10.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик