"Real" matbuot xizmati "Negreyra ishi" bo‘yicha hujjatlar UEFAga topshirilganidan keyin rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Real" hujjatlar qabul qilingandan so‘ng tergov to‘liq yakunlangunga qadar imkon qadar tez davom ettirilishi va vakolatli organlar faktlarning jiddiyligiga mos qarorlar qabul qilishi muhim, deb hisoblaydi", — deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.
Shuningdek, "Real" tomonidan taqdim etilgan shikoyatda "musobaqalar halolligi va hakamlik tizimiga bo‘lgan ishonchga bevosita ta’sir qiladigan o‘ta jiddiy holatlarga oid dalillar" borligi qayd etilgan.
Avvalroq UEFA "Real"dan "Barselona"ning Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga amalga oshirgan to‘lovlari bo‘yicha hujjatlarni olganini ma’lum qilgan edi.













