Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Klopp Virsning o‘yini haqida: "O‘ylaymanki, bugun "Liverpul"da hamma xursand"

Klopp Virsning o‘yini haqida: "O‘ylaymanki, bugun "Liverpul"da hamma xursand"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda Florian Virsning o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Liverpul" yarim himoyachisi ushbu bahsda gol urdi. U to‘pni mahorat bilan qabul qilib, himoyachini ortda qoldirdi va uzoq burchakni aniq nishonga oldi.

Bu 23 yoshli futbolchining may oyi oxiridan beri urgan ilk goli bo‘ldi. Klub miqyosida esa Virs rasmiy uchrashuvlarda aprel oyi oxiridan buyon gol urmagan edi.

"O‘ylaymanki, bugun "Liverpul"da hamma juda xursand. Biz ko‘rishni istaydigan o‘yin uslubi Virsga mos keladi. U futbolni yaxshi ko‘radi va maydonda bor kuchini berdi", — deya Kloppning so‘zlarini The Anfield Buzz keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"ni boshqargan. Virs esa Angliya grandi safiga 2025 yil yozida qo‘shilgan.

Kiritildi: 08:50, 02.10.2026.
O'qildi: 520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик