«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya jarohatidan so‘ng maydonga qaytish arafasida. 25 yoshli futbolchi sentyabr o‘rtasida «Rasing»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi yig‘iniga ham chaqirilmagan.
Sport ma’lumotiga ko‘ra, Garsiya 10 oktyabr kuni «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, ammo uning ishtiroki hali aniq emas. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik darvozabon muhim uchrashuvlar — «Galatasaray», «Betis», «PSJ» va Madridning «Real»iga qarshi bahslarga to‘liq tayyor holda yetib borishini istamoqda.













