Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda futbol eksperti Vladislav Radimov 39 yoshli hujumchi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida fikr bildirdi.
«Argentina Messisiz o‘ynashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Argentinaliklar tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar ko‘p, ammo Messining vazifasini kim o‘z zimmasiga olishini oldindan aytish qiyin.
Bu Lautaro bo‘lishi mumkin, ammo u har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydi», — dedi ekspert «Match TV» telekanali efirida.













