Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazdi.
Ikkinchi bo‘limda yarim himoyachi Vitinya gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U Brunu Fernandeshning ajoyib uzatmasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Ushbu goldan keyin hisob 2:2 dan 2:3 ko‘rinishiga keldi.
Qizig‘i, bu Vitinyaning Portugaliya terma jamoasi safidagi ilk goli bo‘ldi.
Yarim himoyachi milliy jamoadagi dastlabki golini 46-uchrashuvida kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Yakunda Portugaliya Daniyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.













