Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Viktor Munyos APL va La Liga o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi

Viktor Munyos APL va La Liga o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" vingeri Viktor Munyos Angliya futboliga moslashish jarayoni haqida gapirib, Premyer-ligadagi yuqori intensivlikni alohida ta’kidladi.

Ispaniyalik futbolchi yozda "Osasuna"dan "Liverpul"ga 40 million yevro evaziga o‘tgan va klub bilan olti yillik shartnoma imzolagan edi.

"La Liga va Angliya Premyer-ligasi o‘rtasidagi farqlarni aniq sezyapman. La Ligada taktika ancha ko‘p, Angliya chempionati o‘yinlarida esa jismoniy kurash ustunroq.

Mashg‘ulotlardagi intensivlik juda yuqori va bu farqni darhol sezasiz. Bu mening rivojlanishimga yordam beryapti", — deya Munyosning so‘zlarini Goal keltirdi.

Joriy mavsumda futbolchi Angliya Premyer-ligasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi.

Yozda Munyos Ispaniya terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan edi, ammo jarohat sabab musobaqada ishtirok eta olmadi.

Kiritildi: 10:34, 02.10.2026.
O'qildi: 443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик