Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Olmo «Barselona»da emas, boshqa klubda faoliyatini tugatishni istaydi

Olmo «Barselona»da emas, boshqa klubda faoliyatini tugatishni istaydi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Dani Olmo futbolchilik faoliyatini qaysi jamoada yakunlashni istashini belgilab oldi.

Fichajes jurnalistlarining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi kelajakda Zagrebning «Dinamo» klubiga qaytishni xohlamoqda. Olmo faoliyatining dastlabki bosqichida Xorvatiya jamoasi sharafini himoya qilgan.

28 yoshli futbolchi 2024 yil yozidan buyon «Barselona» safida to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Olmoning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Dani Ispaniya chempionatida yettita uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:30, 02.10.2026.
O'qildi: 1610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик