Leverkuzenning «Bayer» klubi qanot himoyachisi Migel Gutyerres Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda fussball-news.de jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik himoyachiga Madridning «Real» klubi, «Milan», «Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli Gutyerres o‘tgan yozda «Napoli»dan «Bayer»ga o‘tgan edi. Transfer summasi 26 million yevroni tashkil qilgan. Futbolchi Leverkuzen klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Bundesligada Migel to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













