O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.
Velotrek bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi medison dasturida Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov juftligi 45 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi sovrinni qo‘shdi.
Ayni paytda O‘zbekiston 17 ta oltin, 21 ta kumush va 21 ta bronza — jami 59 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.













