Madridning «Atletiko» klubi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar «Yuventus»dan ijaraga olingan kanadalik hujumchi Jonatan Devidning o‘yinidan mamnun.
Fichajes jurnalistlarining xabar berishicha, «Atletiko» rahbariyati 26 yoshli hujumchini 25 million yevro evaziga sotib olish opsiyasini faollashtirmoqchi.
Devid yaqin transfer oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan argentinalik Xulian Alvaresning o‘rnini egallashi ehtimol qilinmoqda.
Joriy mavsum Ispaniya La Ligasida Jonatan Madrid klubi safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













