Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Aichi-Nagoya-2026, taekvondo. Ozoda Sobirjonova — Osiyo O‘yinlari vise-chempioni!

Aichi-Nagoya-2026, taekvondo. Ozoda Sobirjonova — Osiyo O‘yinlari vise-chempioni!

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarining ilk kunida taekvonda bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi. Jamoamizning -67 kg vazn toifasidagi vakilasi Ozoda Sobirjonova o‘zining ishonchli chiqishi orqali musobaqaning final bosqichiga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi jangda Ozodaga Eron terma jamoasi a’zosi Saghar Sheyxlari Moradiy raqiblik qildi. Shiddatli bahsda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa-da, musobaqa sovrindoriga aylandi.

Bu orqali Ozoda Yaponiya mezbonligidagi Osiyo o‘yinlarida taekvondochilarimizning dastlabki medaliga mualliflik qildi. Sobirjonova bugun faoliyatidagi ilk Osiyo o‘yinlari medaliga sazovor bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:14, 02.10.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик