O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Portugaliyadagi yig‘in doirasida Turkiyaga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Bahsda Sergey Chigodayev shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Turkiya terma jamoasi gollarni 40 va 50-daqiqalarda kiritdi.
O‘zbekiston U-17ning boshlang‘ich tarkibi: Abdulboriy Zoidjonov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliyev, Jahongirmirzo O‘ktamboyev, Abubakir Rahimov, Islom Ravshanov, Muhammad Mamatov, Mirkomil Murodov, Suhrob Sadirjonov, Asilbek Aliyev, Muhammadodilxon Orifxonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mehroj Sirojiddinov, Elsevar Olimov, Nurmuhammad O‘ktamov, Adiz Abdunabiyev, Damir Mirzabekov, Bilol Aliyev, Ahror Ravshanbekov, Habibulloh Tohirov, Laziz Abduraimov.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 Portugaliyadagi yig‘in doirasida Turkiyaga qarshi bahsni mag‘lubiyat bilan yakunladi.













