«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Parijdagi tungi klubga borganidan so‘ng ayrim jurnalistlarning tanqidiga uchradi.
The Touchline nashri L’Equipe ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, «Real»da ayrim ommaviy axborot vositalari Mbappega qarshi muayyan kampaniya olib borayotgan, deb hisoblashmoqda.
Madrid klubi Kilianning Parijga safari oldindan klub bilan kelishilganini ta’kidlagan. Ayni paytda hujumchining jismoniy holati unga jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish imkonini bermayapti.
Kilian Mbappe 2026/2027 yilgi mavsumda «Real» safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













