Germaniyalik yarim himoyachi Florian Virs yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin.
Futbolchi "qizillar" kiyinish xonasidagi muhitda, jamoadagi bir qator yorqin va kuchli xarakterga ega futbolchilar orasida o‘zini unchalik qulay his qilmayapti.
Shu bilan birga, Virs Premyer-ligada qolishi ham mumkin. Uning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klublar qatorida "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Siti" nomlari tilga olinmoqda.
Florian Virs 2025 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yarim himoyachi mersisaydliklar safiga "Bayer"dan o‘tgan.













