"PSJ" futbolchisi Dezire Due Millatlar ligasida Italiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiya 55-daqiqada Maykl Olisening jarima zarbasidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqdi, ammo o‘z maydonida g‘alabani saqlab qola olmadi. 68-daqiqada Alessandro Bastoni hisobni tenglashtirdi.
"Bunday natijadan juda xafamiz, ammo biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. O‘yinda ko‘plab ijobiy jihatlar bo‘ldi va ularni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.
Bizga qarshi Donnarumma o‘ynadi — men yaxshi taniydigan ajoyib darvozabon. U shunchaki aqlbovar qilmas darajada", — dedi Due TF1 telekanaliga bergan intervyusida.
"Manchester Siti" darvozaboni Fransiya futbolchilarining darvoza tomon yo‘llagan 7 ta aniq zarbasini qaytardi.













