«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeridan Artyom Dzyubaning kelajakda muvaffaqiyatli murabbiy bo‘la olish-olmasligi haqida so‘rashdi.
Payshanba kuni 38 yoshli hujumchi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Biroq keyinchalik futbolchining vakili Leonid Goldman uning so‘zlariga oydinlik kiritib, Dzyuba hozircha butsalarini mixga ilishga shoshilmayotganini aytdi.
«U yaxshi futbolchi va yaxshi yigit. U yaxshi murabbiy bo‘ladi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sport24.













