«Napoli» qanot hujumchisi Antonio Vergara Fransiya bilan 1:1 hisobidagi durangda Italiya terma jamoasidagi debyutidan juda xursand ekanini aytdi. Biroq u jamoa g‘alabani istaganini ta’kidladi.
«Debyutimdan juda xursandman. Ammo mening o‘yin uslubim shu — debyut ham men uchun oddiy uchrashuvdek. Murabbiy xotirjam bo‘lishimni, to‘g‘ri vaziyat yuzaga kelganda qanotda raqiblarni aldab o‘tishga harakat qilishimni so‘radi», — dedi Vergara RAI Sport’ga.
Italiyalik futbolchi jamoa Fransiyaga qarshi bahsda g‘alaba qozona olmaganidan afsusda ekanini ham yashirmadi.
«G‘alaba qozona olmaganimizdan afsusdamiz, ayniqsa raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin. Biz har qanday raqibga qarshi ochiq va hujumkor futbol o‘ynashni istaymiz. Durang bilan maydonni tark etayotganimizdan norozi ekanimiz jamoaning keyingi o‘yinlar oldidan o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi», — dedi Vergara.













