«Bryugge»ning germaniyalik hujumchisi Nikolo Tresoldi yana Ispaniya grandlari e’tiboriga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli forvardning xizmatiga «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari qiziqish bildirmoqda. Transfer summasi 50 million yevroni tashkil qilishi mumkin va kelishuv yanvar oyidayoq amalga oshishi ehtimoli bor.
2026/27 yilgi mavsumda Tresoldi barcha musobaqalarni hisobga olganda, jumladan Chempionlar ligasida ham, to‘qqizta uchrashuvda beshta gol urdi.
Hujumchining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.













