Joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida dribling samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Yan Diomandega tegishli.
Kamida 20 marta raqibni dribling orqali aldashga uringan futbolchilar orasida Diomande 25 urinishning 18 tasini muvaffaqiyatli yakunlab, 72 foizlik natija qayd etgan.
Ikkinchi o‘rinda «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem bormoqda. Angliyalik futbolchi 29 marta driblingga kirishib, 20 holatda raqibini ortda qoldirgan — 69 foiz.
Uchinchi natija Kilian Mbappega tegishli. Fransiyalik hujumchining 41 urinishidan 25 tasi muvaffaqiyatli chiqqan — 61 foiz.
«Barselona» vingeri Lamin Yamal esa eng ko‘p driblingga kirishgan futbolchi bo‘lib turibdi. 19 yoshli ispaniyalik 50 urinishning 30 tasida muvaffaqiyat qozongan va uning samaradorligi 60 foizni tashkil etmoqda.
Eng yuqori dribling samaradorligi:
— Yan Diomande — 72% (18/25)
— Jud Bellingem — 69% (20/29)
— Kilian Mbappe — 61% (25/41)
— Lamin Yamal — 60% (30/50)
— Migel Syerra — 60% (18/30)
Shu tariqa, Yamal muvaffaqiyat foizi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda bo‘lsa-da, umumiy muvaffaqiyatli driblinglar soni bo‘yicha ushbu beshlikda 30 ta natija bilan yetakchilik qilmoqda.













