Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Solbakken: "Portugaliya, ehtimol, Yevropaning eng kuchli uch jamoasidan biri"

Solbakken: "Portugaliya, ehtimol, Yevropaning eng kuchli uch jamoasidan biri"

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Millatlar ligasida Portugaliyadan 1:2 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, yigitlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Ko‘plab futbolchilarimizning o‘yinida ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Portugaliya, ehtimol, Yevropaning eng kuchli uch jamoasidan biri. Shunga qaramay, biz juda yaxshi o‘ynadik", — deya Solbakkenning so‘zlarini VG keltirdi.

Murabbiy Norvegiya birinchi golni o‘tkazib yuborgan vaziyatda xatoga yo‘l qo‘yganini ham tan oldi.

"Tanaffus arafasida autdan to‘p o‘yinga kiritilayotganda e’tiborni yo‘qotib qo‘yganimiz juda alamli. Biz tanaffusga psixologik ustunlik bilan chiqib ketishimiz mumkin edi".

Solbakken 67-daqiqada almashtirilgan Erling Xolandning o‘yiniga ham baho berdi.

"Biz u o‘zini davom ettira olmaydigan darajada his qilguniga qadar maydonda qolishiga kelishib olgan edik. Taxminan 60 daqiqadan ko‘proq o‘ynashi haqida gaplashganmiz. Menimcha, u juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U raqib himoyachilarini doimiy bosim ostida ushlab turdi".

"Umuman olganda, bu yig‘in qanday o‘tganidan juda mamnunman. Lekin natijalar ham muhim ekanini juda yaxshi tushunaman. Uchta ketma-ket mag‘lubiyat — bu yaxshi ko‘rsatkich emas".

Norvegiya terma jamoasi uch ochko bilan o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Uels ham xuddi shuncha ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 10:50, 05.10.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик