Antonio Konte yana Angliyada ishlash imkoniyati uni qiziqtirayotganini ma’lum qildi.
57 yoshli mutaxassisning ta’kidlashicha, Yevropaning boshqa hech bir chempionati Angliya Premyer-ligasi klublarichalik katta moliyaviy imkoniyatlarga ega emas.
"Angliyada bazukadan o‘q uzishadi, boshqalar esa hali ham to‘pponchadan foydalanmoqda.
Ammo mablag‘ni oqilona sarflash kerak. Shuning uchun biz avval ham vaziyatni to‘g‘ri baholash va aniq qarashga ega bo‘lish muhimligi haqida gapirgan edik. Pul bo‘lishi mumkin, ammo uni to‘g‘ri sarflash kerak", — dedi Konte.
Italiyalik mutaxassis APLda avval "Chelsi" va "Tottenxem" klublarini boshqargan.
Konte o‘tgan mavsum yakunida "Napoli"ni tark etganidan buyon klubsiz qolmoqda. U mavsum davomida ham, agar munosib taklif tushsa, ishga qaytishga tayyor ekanini ta’kidladi.













