UEFA Millatlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 4-turidan o‘rin olgan Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bolonyadagi «Renato Dall'Ara» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Italiya terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvni polshalik hakam Shimon Marsinyak boshqardi.
26-daqiqada Janluka Skamakka hisobni ochib, Italiyani oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Aral Shimshir javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.
64-daqiqada Rikkardo Kalafyori Italiyaning ikkinchi golini kiritdi. 87-daqiqada esa Franchesko Espozito yana bir bor Turkiya darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng Italiya terma jamoasi 7 ochko bilan «A» ligasi 1-guruh turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Turkiya esa hali ochko jamg‘ara olmagan va so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda Italiya 12 noyabr kuni Fransiyani qabul qiladi. Turkiya esa shu kuni o‘z maydonida Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.













