«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru portugaliyalik siyosatchi Joau Mariya Jonetning futbolchi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush 27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so‘ng Portugaliya terma jamoasini tark etgan edi. 41 yoshli hujumchi terma jamoa safida boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ushbu vaziyatga munosabat bildirgan Jonet shunday degan:
«Portugaliyaliklar Krishtianu Ronalduga argentinaliklarning Messiga munosabati kabi munosabatda emas. Chunki u — jirkanch inson, o‘z kamchiliklarini tan olmaydigan odam».
Ronalduning opasi esa siyosatchining so‘zlariga keskin javob qaytardi:
«Kimdir bu qanday aqldan ozgan inson ekanini biladimi? Men uni umuman tanimayman. Ammo u kimligini bilgim keladi, chunki ukam haqida aytgan gaplari uni umuman tanimasligini ko‘rsatib turibdi.
U juda baxtsiz, aqli zaif va hasadgo‘y inson bo‘lsa kerak. Portugaliyalik insonning bunday gaplarni aytishidan uyalishi kerak», — deb yozdi Aveyru.













