Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

De la Fuente: «Bu g‘alabaning qadri juda baland»

De la Fuente: «Bu g‘alabaning qadri juda baland»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi guruh bosqichi 4-turida Xorvatiya ustidan safarda qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Bu futbolchilar ajoyib va ular hech qachon kurashishdan to‘xtamaydi. Ba’zida hatto meni ham hayratda qoldirishadi — buni birinchi bo‘lib o‘zim tan olaman. Hozirgina ko‘rganingizdek muhitda biz vaziyatni o‘z foydamizga burishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa yaxshiroq jamoa ekanimizni ko‘rsatdik. Bu juda katta ahamiyatga ega g‘alaba.

Biz aynan shunday o‘yin bo‘lishini kutgandik. Xorvatiya — obro‘-e’tibori baland, juda kuchli jamoa. Biz ularning bosimiga dosh berishimiz va raqibni charchatishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. To‘g‘ri, ular qarshi hujumlarda bir-ikkita xavfli vaziyat yaratdi, bu tabiiy hol. Ammo men uchrashuvni o‘z foydamizga burishimizga ishonardim.

Mikel Merino o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U istalgan jamoada o‘ynay oladigan sifatlarga ega va, albatta, har qanday uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishga qodir. U o‘yindagi bunday vaziyatlarni juda yaxshi his qiladi. Unda gol urish, ayniqsa muhim gollarni kiritish qobiliyati bor. Biz uning har doim namoyon etadigan fidoyiligini juda qadrlaymiz», — deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

Ispaniya terma jamoasi to‘rtta o‘yindan so‘ng 12 ochko bilan Millatlar ligasi A divizioni 3-guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini 12 noyabr kuni safarda Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 04:52, 07.10.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик