Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan xayrlashuv o‘yini "Monumental" stadionida dronlar namoyishi bilan yakunlandi.
Benin ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonilganidan so‘ng, muxlislar 39 yoshli sardor sharafiga bayramona chiqish bo‘lishini kutishgan edi. Biroq, stadion osmonida birinchi bo‘lib tadbir homiylaridan biri bo‘lgan Sancor Seguros sug‘urta kompaniyasining logotipi paydo bo‘ldi.
Reklama videosi bir necha soniya davom etdi, shundan so‘ng Messiga bag‘ishlangan shou boshlandi. Logotipning paydo bo‘lishi muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘atdi, tribunadan hushtaklar va g‘azabli qichqiriqlar yangradi.
Narozlik Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) rahbariyatiga ham qaratilgan edi. Stadionda tashkilot prezidenti Klaudio Tapiaga haqoratlar yog‘dirildi.
Bir sahnada dronlarda Messi to‘pni tepayotgani tasvirlangan, ammo Messi chap oyoqda bo‘lishiga qaramay, tepish o‘ng oyog‘i bilan amalga oshirilgan.













