«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda jamoani tark etganidan so‘ng ilk bor «Etihad» stadioniga tashrif buyuradi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis UEFA Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti» va «PSJ» o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatishga qaror qilgan.
Gvardiola bahs davomida Angliya klubi rahbarlari, jumladan, «Manchester Siti» prezidenti Xaldun al-Muborak bilan birga bo‘ladi.
«Manchester Siti» va «PSJ» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvi 14 oktyabr kuni «Etihad» stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2026 yilning yozida «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi. Uning o‘rniga italiyalik mutaxassis Enso Mareska tayinlangan.













