Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Kompani Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi

Kompani Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa hujumchisi Xarri Keyn bilan yangi shartnoma imzolash borasida olib borilayotgan muzokaralarga munosabat bildirdi.

Turli manbalar tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi Germaniya grandi bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishga yaqin turibdi.

Kompani esa shartnoma masalalari klub rahbariyati, futbolchi va uning vakillari o‘rtasida hal etilishini ta’kidlab, o‘zining asosiy vazifasi Keyn uchun qulay sharoit yaratishdan iborat ekanini bildirdi.

«Men klubning futbolchilar va ularning agentlari bilan olib boradigan muzokaralariga doimo hurmat bilan qarayman.

Mening vazifam — Xarrining o‘zini qulay his qilishiga, maydonda bor mahoratini namoyish etishiga yordam berish yoki hech bo‘lmaganda buning uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish.

Odatda, agar bu borada hammasi joyida bo‘lsa, qolgan masalalarni hal qilish ancha osonlashadi», — deya Kompani so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn 2023 yilning yozida Londonning «Tottenxem» klubidan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan edi.

33 yoshli angliyalik hujumchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:38, 08.10.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик