Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio jamoaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan ishlagan davrlarini eslab, italiyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirdi.
Anchelotti 2021 yildan 2025 yilga qadar «Real»ni boshqargan. Keyinchalik u Madrid klubini tark etib, Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan.
23 yoshli Asensioning ta’kidlashicha, aynan Anchelotti unga ishonch bildirib, asosiy jamoada o‘z o‘rnini topishiga yordam bergan.
«Anchelotti ajoyib inson. U men uchun shunchaki murabbiy emas.
Aynan u menga ishondi, o‘z qanoti ostiga oldi va «Sen biz bilan qolasan», deb asosiy jamoada qolishimni aytdi.
Uning men uchun qilgan barcha yaxshiliklarini hech qachon unutmayman», — dedi Asensio AS nashriga bergan intervyusida.
Biroq Karlo Anchelotti «Real»ni tark etganidan keyin ispaniyalik himoyachining klubdagi faoliyati avvalgidek muvaffaqiyatli kechmayapti.
Asensio asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Buning ustiga, yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, uzoq muddatga safdan chiqdi.
Kutilmalarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi 2026 yil oxiriga qadar maydonga qayta olmaydi.













