UFCning yarim yengil vazn toifasida (61 kg gacha) amaldagi chempioni, rossiyalik Pyotr Yan ikkinchi UFC kamarini qo‘lga kiritish imkoniyati uchun yarim yengil vaznga ko‘tarilishga tayyorligini ma’lum qildi. Biroq buning uchun Aleksandr Volkanovski ushbu vazn toifasida chempion bo‘lmasligi kerak.
«Ehtimol, yuqori vaznga ko‘tarilishim mumkin. Shunchaki 66 kilogrammda mening do‘stim Aleks [Volkanovski] bor, u bilan jang qilishni istamayman», — dedi Yan Full Violence YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Pyotr Yan aralash yakkakurashdagi professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan. Rossiyalik jangchining rekordida 20 ta g‘alaba bor, ularning 8 tasiga muddatidan oldin erishgan, shuningdek, 5 ta mag‘lubiyati mavjud.
Yan so‘nggi jangini 6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 323 turnirida o‘tkazdi. U gruziyalik Merab Dvalishvili bilan revansh jangida oktagonga chiqdi va besh raund yakunlariga ko‘ra hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.













