Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

«Real» APL klublari Bellingem uchun taklif bilan chiqishi mumkinligini anglamoqda

«Real» APL klublari Bellingem uchun taklif bilan chiqishi mumkinligini anglamoqda

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. The Touchline xabar berishicha, Madrid klubi kelajakda Angliya Premyer-ligasi jamoalari Bellingem uchun takliflar bilan chiqishi mumkinligini anglamoqda.

Shu omilni inobatga olgan holda, «qirollik klubi» futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishni istamoqda.

Bir necha kun oldin matbuotda «Real» Bellingemga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

23 yoshli Jud Bellingemning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028/2029 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. U Madrid klubi safida 148 ta uchrashuvda 49 ta gol urgan va sheriklariga 36 ta golli uzatma bergan.

Kiritildi: 18:34, 08.10.2026.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик