Italiyalik sobiq hujumchi Kristian Vyeri «Milan» jamoasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U klubda kuchli hujumchi paydo bo‘lganidan xursand, ammo unga to‘pni yaxshiroq yetkazib berish kerak, deb hisoblaydi.
«Gonsalu Ramush misolida, Portugaliya terma jamoasida ham ko‘rganimizdek, “Milan” nihoyat ajoyib markaziy hujumchiga ega bo‘ldi. Biroq har qanday markaziy hujumchi kabi unga ham to‘pni tez-tez yetkazib berish kerak. Gollar xohlaysizmi? Unga ko‘proq gol urish imkoniyatlari yaratib berish lozim. Aks holda, uni muvaffaqiyat kutadimi-yo‘qmi, aytish qiyin», — deya Vyeri so‘zlarini pianetamilan.it nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kristian Vyeri 2005 yilda bir necha oy davomida «Milan» safida to‘p surgan.













