Transfermarkt portali jahon futbolidagi eng qimmat yosh iste’dodlar reytingini e’lon qildi.
18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar reytingida Myunxenning "Bavariya" klubi a’zosi Lennart Karl birinchi o‘rinni egalladi. 18 yoshli germaniyalik futbolchining transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.
Keyingi o‘rinlardan Angliyaning "Arsenal" klubida to‘p surayotgan 16 yoshli Maks Douman, "Liverpul"ning 18 yoshli futbolchisi Rio Ngumoa hamda "Aston Villa" sharafini himoya qilayotgan 18 yoshli senegallik Ibraim Mbaye joy oldi.
Ularning har biri 50 million yevroga baholangan.
Kuchli beshlikni 18 yoshli Onest Axanor yakunlab berdi. "Chelsi"ning bo‘lajak futbolchisi ayni paytda ijara asosida "Kristal Pelas" safida harakat qilmoqda. Uning transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Lennart Karl "Bavariya"ning asosiy jamoasi safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













