Madridning «Real» klubi televideniyesida Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (1:0) Vinisius Juniorning maydondan chetlatilishi keskin tanqid qilindi.
Bahsning 72-daqiqasida bosh hakam Isidro Dias de Mera videotakrorni ko‘rib chiqqach, braziliyalik futbolchining golini bekor qildi va unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Bunga Vinisiusning hujum davomida «Vilyarreal» yarim himoyachisi Natan Salibaning sochidan tortishi sabab bo‘ldi.
«Bunday harakat uchun futbolchini maydondan chetlatish mumkin emas. Buning uchun golni ham bekor qilib bo‘lmaydi. Bu haqiqiy sharmandalik!
Bu kabi holat yana takrorlandi. Bu shunchaki navbatdagi voqea emas, balki «Vilyarreal»dek jamoaga qarshi o‘yinda bunday qarorlar birin-ketin qabul qilinmoqda.
Keyin esa ular yana futbol haqida gapirishimizni xohlashadi. Negreyraning bu iflos ligasida futbol haqida gapirishning umuman iloji yo‘q», — dedi «Real» klub televideniyesi boshlovchisi.













