Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 0-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Fabregas: «Bu g‘ayrioddiy holat»

Fabregas: «Bu g‘ayrioddiy holat»

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur bahsda jamoalar gol ura olmadi va uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Ispaniyalik mutaxassis «Roma»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik jarayonida raqibning avvalgi uchrashuvlarini tahlil qilganini ta’kidladi.

«Menimcha, Gasperini jamoasiga eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan jamoa Simone Indzagi davridagi «Inter» edi. Shuning uchun o‘sha uchrashuvlardagi ayrim taktik jihatlarni o‘rganib, o‘zim uchun kerakli g‘oyalarni oldim», — deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi DAZN.

«Komo» ustozi ikki jamoaning hujumkor o‘yin uslubiga qaramay, uchrashuvda gol urilmaganiga ham munosabat bildirdi.

«Futbol ba’zan haqiqatan ham tushunarsiz bo‘ladi. Hujumkor futbol namoyish etadigan ikki jamoaning 0:0 hisobida durang o‘ynashi g‘ayrioddiy holat.

«Roma»ga qarshi munosib kurashish uchun kuchli xarakterga ega bo‘lish kerak. Agar faqat taktikaga e’tibor qaratib, to‘p bilan o‘ynashga jur’at etmasangiz, ochko qo‘lga kirita olmaysiz», — dedi Fabregas.

Ushbu uchrashuvdan keyin «Komo» 11 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. «Roma» esa 14 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 20:23, 11.10.2026.
O'qildi: 459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик