«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi uchrashuv oldidan «PSJ» tarkibi haqida fikr bildirib, ikki futbolchini alohida ta’kidladi.
«Ularda fantastik futbolchilar bor va ular eng yuqori saviyadagi futbolni namoyish etishadi. Butun jamoa o‘ziga xos, ammo qanot himoyachilari doimo harakatda bo‘lishadi. Mendesh va Hakimining o‘yinini kuzatish shunchalik zavq bag‘ishlaydiki, buni hatto qanday tushuntirishni ham bilmayman. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, chunki bu haqiqatan ham o‘ziga xos jamoa», — deya Xolandning so‘zlarini keltiradi Eurosport.fr.
14 oktyabr kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Manchesterda bo‘lib o‘tadi.













