Madridning «Real» klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni psixologik va sport formasining eng yuqori darajasiga qaytarishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu haqda El Mundo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Qirollik klubi»da 26 yoshli vingerning eng yaxshi o‘yinlarini qayta namoyish etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Qayd etilishicha, bu butun jamoa uchun muhim, chunki braziliyalik futbolchi «Real» kiyinish xonasining asosiy hissiy yetakchisi hisoblanadi.
Jamoaning tajribali futbolchilari — darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Antonio Ryudiger ham jamoada o‘ziga xos ustozlik vazifasini bajarmoqda. Biroq futbolchilar o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in hamon Vinisius bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi o‘tgan dam olish kunlari Ispaniya La Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.













