Londonning "Arsenal" klubi muxlislari shvesiyalik markaziy hujumchi Viktor Dyokereshning jamoadagi o‘rni va hozirgi natijalaridan xavotir bildirmoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Muxlislarni tashvishga solayotgan asosiy jihat shundaki, Dyokeresh joriy mavsumda "to‘pchilar" safida yettita uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa-da, hali biror marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmadi.
Qizig‘i, shvesiyalik hujumchi milliy terma jamoasi safida ancha samarali o‘yin namoyish etmoqda. U Shvesiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvining har birida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni paytda Dyokeresh "Arsenal"ning asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmayapti. Shvesiyalik futbolchi hujum chizig‘idagi raqobatda germaniyalik Kay Haversga imkoniyatni boy bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Dyokeresh 2025 yil yozida "Arsenal" safiga kelib qo‘shilgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













