Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Krishtianu Ronaldu dam olgan o‘yinlar soni ko‘payib ketmoqda

Krishtianu Ronaldu dam olgan o‘yinlar soni ko‘payib ketmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida «Sevilya»ga qarshi dastlabki o‘yinda "Real" hujumchisi maydonga tushmaydi. Portugaliyalik futbolchi uchun bu o‘yin ushbu mavsumda «Madrid» safida maydonga tushmagan 8-bahs bo‘ladi.

Ronaldu Yevro-2016 finalida olgan jarohati tufayli mavsumning boshlang‘ich qismini o‘tkazib yubordi. Krishtianu 10 sentyabr kuni La liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Osasuna"ga qarshi o‘yinda mavsumdagi debyut o‘yinida maydonga tushgandi.

Futbolchi Yevropa superkubogi hamda Ispaniya chempionatining «Real Sosyedad» va «Selta»ga qarshi o‘yinlarida maydonga tushmadi. Shuningdek, Zidanning qaroriga ko‘ra, Ronaldu yana 4ta o‘yinda ishtirok etmadi: «Espanyol»ga qarshi (gripp tufayli), «Deportivo» (klublar o‘rtasidagi JCH oldidan futbolchi ehtiyot qilindi) va «Kultural Leones»ga qarshi kubok o‘yinlarida. Shu tariqa, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "Qirollik klubi"ning ushbu mavsumdagi 27ta uchrashuvidan 19tasida maydonga tushdi.

Krishtianu o‘tgan mavsumda "Madrid"ning 52ta o‘yinida 48tasida ishtirok etgandi. U 2015/2016 yilgi mavsumda YECHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki o‘yinni, La liganing «Real Sosyedad» va «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinlarini va Qirol kubogi doirasida «Kadis» o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

Ronaldu 2014/2015 yilgi mavsumda "Real"ning 59ta uchrashuvining 5tasida maydonga tushmagandi.

Krishtianu ushbu mavsumda 4ta o‘yinda zaxira olingan. Futbolchi davom etayotgan mavsumda 1683 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. Bu "Real" ishtirokidagi o‘yinlar umumiy daqiqalarining (2370) 72 foizini tashkil qiladi.

Taqqoslash uchun: Ronaldu o‘tgan mavsumda "Madrid" futbolkasida 4293 daqiqada o‘ynagan. Bu jami vaqtning 91,11 foizini tashkil qiladi. U La liga doirasida faqat 2ta o‘yinda zaxiraga olingan.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 21:24, 04.01.2017.
O'qildi: 14884 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик