Fransiyaning obro‘li nashrlaridan biri L'Equipe Angliya chempionati futbolchilarining statistik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiziqarli material chop etdi.
"Sanderlend" hujumchisi Jermeyn Defo jamoasi urgan gollardagi foiz bo‘yicha Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. 34 yoshli angliyalik "qora mushuklar"ning 58 foiz goliga mualliflik qilgan. U ligada jamoasi gollarining 50 foizdan ortig‘ini urgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.
Defoning ng yaqin ta’qibchisi Zlatan Ibrohimovich bo‘lib turibdi, u "MYU"ning 42 foiz golini urgan. Kuchli uchlikni "Everton" hujumchisi Romelu Lukaku yakunlab beradi - 39 foiz. Shuningdek, kuchli beshlikka Diyego Kosta ("Chelsi", 33 foiz) va Aleksis Sanches ("Arsenal", 30 foiz).
Liganing boshqa huumchilarining ko‘rsatkichlari 30 foizdan past.
To‘purarlar bahsida Diyego Kosta 14ta gol bilan yetakchilik qilmoqda, ketidan Ibrohimovich va Sanches 13ta gol bilan borishmoqda, uchinchi o‘rinda Lukaku, Aguro va Defo bormoqda - 11tadan gol.
Ta’kidlash joiz, Defo liga tarixida o‘nta turli mavsumda 10tadan oshiq gol urgan to‘rtinchi futbolchi bo‘lib turibdi. Bu ko‘rsatkichga Alan Shirer, Ueyn Runi va Frenk Lempard erishgan, xolos.