"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatinig 17-turida "Eybar" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) jamoasi o‘yiniga baho berdi.
"Qiyin stadionda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik. "Atletiko" o‘ziga kelyapti. Biz butun jamoa bo‘lib yaxshi himoyalandik va gol o‘tkazmadik", - deydi Grizmann.