Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush lavozimini tark etishga qaror qildi

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush lavozimini tark etishga qaror qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Terma jamoalar / Eron
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2018 yo‘lidagi raqibi — Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi.

63 yoshli mutaxassis buning sabablarini Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Do‘stlar, Eron futbol federasiyasi prezidenti bilan besh soatlik muzokaralardan so‘ng terma jamoadan ketish haqida ariza yozdim. Terma jamoaning JCH–2018 saralash bahslariga tayyorgarlik rejalarini amalga oshirish uchun hech qanday sharoit yo‘qligi, futbol federasiyasiga qarshi bo‘lganlarning ko‘pligi, terma jamoa g‘alabasini o‘ylamaydigan sport agentlari borligi uchun bu qarorga keldim. Mag‘lubiyatsiz bir yil, JCH–2018 saralashi 3-bosqichida guruhda birinchi o‘rinda bo‘lganimiz, FIFA reytingida Eron Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lganidan keyin ham Eron futbol federasiyasi tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun hech qanday sharoiti hamda vakolati yo‘qligini aytmoqda» - deb yozdi Karlush Keyrush.

Ayni paytda Eron terma jamoasi JCH-2018 saralash guruhida 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

Manba: facebook.com
Kiritildi: 11:52, 08.01.2017.
O'qildi: 18815 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.