Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Oliy liga -2016. Eng hujumkor juftliklar statistikasi

Oliy liga -2016. Eng hujumkor juftliklar statistikasi

Baho:
+ | -

Sports.uz 2016 yilgi mavsum yakunlarini hisob-kitob qilib, oliy ligada to‘p surgan eng hujumkor juftliklar reytingini tuzdi.

Eng yaxshi hujumkor juftliklar:

8-10. Nemanya Yovanovich + Ilhom Yunusov («Qizilqum»). 8+10+18

Yovanovich o‘z hisobidagi 13ta golning 8tasini ikkinchi davrada «Qizilqum» tarkibida urdi. Ilhom Yunusov jamg‘armasida esa 10ta gol bor. Ushbu futbolchilar birgalikda 18ta to‘p kiritishdi.

8-10. Igor Sergeev + Jaloliddin Masharipov («Paxtakor») 11+7+18

Xitoy safari oldidan 11ta gol urgan Sergeevning ishini Masharipov davom ettirdi - 7ta gol. Garchi ushbu juftlik yarim mavsum o‘ynagan bo‘lishsada, yakunda ajo­yib ko‘rsatkich qayd etishdi.

8-10. Aziz Ibragimov + Vadim Chemirtan («Buxoro») 10+8+18

Ibragimov yil davomida 10ta to‘p kiritgan bo‘lsa, Chemirtanga 8ta gol urish uchun yarim mavsum kifoya qildi. Bu natija esa, «Buxoro»ning yuqori o‘rinlarni egallashiga zamin hozirladi.

5-7. Shohruz Norxonov + Pavel Solomin («Obod») 14+5+19

Norxonov chin ma’noda mavsum kashfiyotiga aylandi. Uning hisobidagi 14ta golga tajribali Pavel Solominning 5ta golini qo‘shib hisoblasak, ajoyib ko‘rsatkich kelib chiqadi. Aynan shu juftlik jamoalarining oliy ligada «jon» saqlab qolishiga munosib hissa qo‘shishdi.

5-7. Marat Bikmayev + Server Jeparov («Lokomotiv») 12+7+19

«Lokomotiv»dagi bu duet birgalikda 19ta to‘p kiritishdi. Bikmayevda 12ta, Jeparovda esa 7ta gol. «Temiryo‘lchilar» va milliy termamizning tajribali vakillari uchun maqtovga arzirli natija.

5-7. Eldor Shomurodov + Doston Hamdamov («Bunyodkor») 10+9+19

Bu - eng yaxshi yosh tandem. Shomurodov 10ta, Hamdamov esa 9ta gol urdi. Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Bunyodkor» ikkinchi o‘rinni egalladi va bu natijaning qo‘lga kiritilishida ushbu futbolchilarning o‘rni beqiyos, albatta.

4. Zafar Polvonov + Igor Taran («Sho‘rtan») 12+9+21

Oliy ligada navbatdagi mavsumini o‘tkazgan hujumchilar uchun chempionat muvaffaqiyatli yakun topdi, de­yish mumkin. Polvonov raqiblar darvozasini 12 marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Taran hisobidagi gollar soni 9taga yetdi.

3. Dragan Cheran + Shahboz Erkinov («Nasaf») 12+11+23

Cheran chempionat yarmida tarkibga qo‘shilib, 12ta gol urdi va ko‘pchilikni hayratga soldi. Erkinov esa butun mavsum davomida 11ta to‘p kiritdi. Demak, ushbu tandem oliy liganing eng yaxshi juftliklari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.

2. Zohid Abdullayev + Murod Toshmatov («Metallurg») 18+7+25

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 18ta gol urgan Abdullayev to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi bo‘ldi. Toshmatov esa raqib darvozabonlarini 7 marta ranjitishga erishdi.

1. Temurxo‘ja Abduxoliqov + Sardor Mirzayev («Lokomotiv») 22+13+35

«Lokomotiv»da o‘ynagan yana bir duet. Mavsum to‘purari Abduxoliqov 22ta gol urdi. Sardor Mirzayevning bu boradagi ko‘rsatkichi - 13ta. Umumiy hisobda 35ta gol va «temiryo‘lchilar» tandemi, shubhasiz, birinchi o‘ringa loyiq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:54, 12.01.2017.
O'qildi: 9657 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.